Taqriz jarayoni
TETRA'dagi har bir ilmiy maqola kamida 2 nafar mustaqil ekspert tomonidan ikki tomonlama yashirin taqrizdan o'tadi. Quyida qo'lyozmaning yuborilishidan nashrgacha bo'lgan yo'li va odatiy muddatlar keltirilgan.
-
01
Yuborish
Muallif anonimlashtirilgan qo'lyozma va titul varag'ini onlayn tizim orqali yuklaydi va avtomatik tasdiq oladi.
-
02
Tahririy tekshiruv
Muharrir mavzuga mosligi, originalligi, tuzilishi va talablarga muvofiqligini tekshiradi. Jurnal yo'nalishiga mos kelmagan qo'lyozmalar taqrizsiz qaytariladi.
1–3 kun -
03
O'xshashlik tekshiruvi
Qo'lyozma plagiatga tekshiriladi; o'xshashlik ko'rsatkichi adabiyotlarsiz 30% dan oshmasligi kerak.
1–2 kun -
04
Ikki tomonlama yashirin taqriz
Kamida 2 nafar mustaqil taqrizchi ishni baholaydi. Mualliflar ham, taqrizchilar ham bir-birining kimligini bilmaydi. Eslatmalar avtomatik yuboriladi.
2 hafta -
05
Tahririyat qarori
Taqrizlar asosida muharrir qaror qabul qiladi: qabul qilish, kichik tuzatish, jiddiy qayta ishlash yoki rad etish. Muallif qarorni taqrizchilar izohlari bilan oladi.
1–3 kun -
06
Qayta ishlash
Muallif qo'lyozmani tuzatadi va har bir izohga javob xatini ilova qiladi. Jiddiy qayta ishlashda ikkinchi taqriz bosqichi bo'lishi mumkin.
7 kun -
07
Qabul qilish
Qabul qilingan qo'lyozma nashrga tayyorlashga o'tadi; qabul qilingan sana maqola sahifasida ko'rsatiladi.
-
08
Tahrir va sahifalash
Tilni tahrirlash, jurnal shabloni bo'yicha sahifalash va korrekturani muallif bilan kelishish.
3–5 kun -
09
Nashr
Maqola CC BY 4.0 asosida ochiq kirishda nashr etiladi, DOI oladi, indekslash xizmatlariga uzatiladi va jurnalning Telegram kanalida e'lon qilinadi.
Tamoyillar
- Mualliflar va taqrizchilarning kimligi barcha bosqichlarda bir-biridan yashiriladi.
- Manfaatlar to'qnashuvi bo'lgan taqrizchilar (bir tashkilot, so'nggi 3 yildagi hammualliflik) taklif qilinmaydi.
- Tahririyat a'zolarining qo'lyozmalarini boshqa muharrir olib boradi va ularga hech qanday imtiyoz berilmaydi.
- Mualliflar asoslangan xat bilan qarorga apellyatsiya berishi mumkin; uni dastlabki qarorda qatnashmagan muharrir ko'rib chiqadi.