To'lov siyosati

To'lov siyosati

TETRA — Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia — ochiq kirishli jurnal: barcha maqolalarni o'qish va yuklab olish bepul. Taqrizni tashkil etish, tahrir, sahifalash, DOI berish va arxivlash xarajatlari maqola nashr to'lovi (APC) hisobidan qoplanadi.

To'lovlar

Maqola nashr to'lovi (APC)300 000 so'm — maqola qabul qilingandan keyin, nashrdan oldin
Maqola yuborish va taqrizBepul
Rad etilgan maqolalarTo'lov olinmaydi
O'qish va yuklab olishHamma uchun bepul (CC BY 4.0)

To'lov taqriz natijasiga ta'sir qilmaydi: qaror faqat ilmiy sifat asosida qabul qilinadi, to'lov masalasi esa maqola qabul qilingandan keyingina ko'riladi.

Qanday to'lanadi

  1. Maqola qabul qilingach, sizga to'lov havolasi bilan xat keladi; havola boshqaruv panelida ham ko'rinadi.
  2. "Click orqali to'lash" tugmasi Click to'lov sahifasini ochadi: Uzcard yoki Humo kartasi yoki Click hamyoni bilan to'lash mumkin.
  3. Click to'lovni tasdiqlashi bilan u tizimda avtomatik qayd etiladi va maqola nashrga tayyorlash bosqichiga o'tadi. Qo'shimcha hujjat yuborish shart emas.
  4. To'lov cheki Click ilovasida va SMS orqali beriladi.

To'lovdan ozod qilish

Asosli holatlarda (masalan, moliyalashtirish manbai bo'lmagan yosh tadqiqotchilar) muallif maqola qabul qilinishidan oldin [email protected] manziliga ariza yuborishi mumkin. Tahririyat to'lovni qisman yoki to'liq kechirish haqida qaror qabul qiladi.

Pulni qaytarish

  • Maqola tahririyatga bog'liq sabab bilan nashr etilmasa — to'langan summa to'liq qaytariladi.
  • Bir maqola uchun ikki marta to'langan bo'lsa — ortiqcha summa to'liq qaytariladi.
  • Muallif maqolani nashrdan oldin qaytarib olsa — summa to'liq qaytariladi.
  • Maqola nashr etilgandan keyin to'lov qaytarilmaydi.

Qaytarish uchun [email protected] manziliga maqola raqami va to'lov ma'lumotlari bilan ariza yuboring. Pul 10 ish kuni ichida to'lov qilingan karta yoki hamyonga qaytariladi.

Huquqiy asos

To'lov ommaviy oferta shartlari asosida amalga oshiriladi; to'lovni amalga oshirish oferta shartlarini qabul qilish hisoblanadi.