Editorial Regulations
Regulations of the Editorial Office of the “Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia” electronic scientific journal
The Regulations define the legal status, aims, rights and duties of the founder and the editorial office, the governance of the journal and its financing. The official text is in Uzbek and is given in full below. Key provisions:
- Title: Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia; short title TETRA; website https://tetra-journal.com.
- Languages: Uzbek, Russian and English (articles in other languages may be accepted by decision of the editorial office).
- Frequency: 12 issues per year (monthly); format 84×108 1/16; published electronically on the official website.
- Peer review: every manuscript passes an initial editorial check and is sent to subject experts; review is objective, independent and confidential, double-blind wherever possible.
- Ethics: plagiarism, data fabrication, misinterpretation of results and improper authorship are not allowed; authors are responsible for plagiarism.
- Governance: the founder appoints the editor-in-chief and approves the editorial board; the editor-in-chief takes the final decision on acceptance or rejection; the founder must not interfere with scientific decisions.
- Fees: any publication fees are approved by the founder, published openly on the website, and must not influence peer review or acceptance.
- Corrections and archive: serious errors in published articles are corrected, retracted or withdrawn; all issues are kept in the electronic archive.
- Editorial office: 542 Fidokor 2 Street, Qaynama MFY, Samarqand District, Samarqand Region, Republic of Uzbekistan.
Contents
- Umumiy qoidalar
- Tahririyat faoliyatining maqsadi
- Muassisning huquq va majburiyatlari
- Tahririyatning huquq va majburiyatlari
- Tahririyatni boshqarish organlari
- Jurnal tahririyati
- Tahririyat xodimi
- Tahririyat mol-mulkini shakllantirish va faoliyatini moliyalashtirish manbalari
- Ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyat. Foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi
- Jurnalning chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish asoslari va tartibi
- Tahririyatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi
- Nizomni qabul qilish va unga o‘zgartirishlar kiritish tartibi
- Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar
I. Umumiy qoidalar
1.1. “Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia” ilmiy elektron jurnali (keyingi o‘rinlarda – “Jurnal” deb ataladi) muassisi “TETRA — Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia” MCHJ hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda – “Muassis” deb yuritiladi).
1.2. Jurnal ilmiy-elektron jurnali tahririyati O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunlar asosida tashkil topadi.
1.3. Jurnalning to‘liq nomi: Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia.
Qisqartirilgan nomi: TETRA.
1.4. Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida (zaruratga ko‘ra boshqa tillardagi maqolalar ham tahririyat qarori asosida qabul qilinishi mumkin).
1.5. Jurnalning nashr davriyligi muassis tomonidan belgilanadi va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida aks ettiriladi.
Rejalashtirilgan davriyligi: yiliga 12 marta.
1.6. Jurnalning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- turizm va mehmondo‘stlik iqtisodiyoti;
- iqtisodiyot va moliya;
- menejment va marketing;
- ta’lim va pedagogika;
- axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya;
- innovatsiyalar va tadbirkorlik;
- ijtimoiy-gumanitar fanlar;
- fanlararo ilmiy tadqiqotlar va boshqa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar.
1.7. Jurnal elektron shaklda, o‘zining rasmiy veb-sayti orqali nashr etiladi.
Jurnalning internet manzili: https://tetra-journal.com
1.8. Jurnal hajmi maqolalar hajmidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi, maksimal hajmi cheklanmaydi, formati 84x108 1/16.
1.9. Jurnal mustaqil faoliyat ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Muassisning buyruq va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga asosida yuritiladi.
1.10. Tahririyat manzili: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Qaynama MFY, Fidokor 2 ko‘chasi, 542-uy.
II. Tahririyat faoliyatining maqsadi
2.1. Tahririyat faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning turizm, iqtisodiyot, texnologiya, ta’lim, menejment, innovatsiyalar va boshqa fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, xalqaro axborot almashinuvini maqolalarni nashr qilish orqali ta’minlash hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni amalga oshirish hisoblanadi.
2.2. Tahririyat faoliyatining predmeti bo‘lib:
Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida turizm, iqtisodiyot, texnologiya, ta’lim, menejment, marketing, innovatsiyalar va boshqa fan sohalariga oid ilmiy, ilmiy-amaliy hamda tahliliy maqolalarni tayyorlash va elektron shaklda nashr etish. Tegishli ixtisoslik yo‘nalishlarida eng dolzarb innovatsion g‘oyalar, intellektual va texnologik salohiyatni oshirish, soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish muammolari bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etib, keng ommaga yetkazish hamda turli axborot mahsulotlarini chop etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va ta’minlash. Turizm, iqtisodiyot, marketing, qishloq xo‘jaligi, sanoat, falsafa, menejment, tijorat, savdo, bank va moliyaga aloqador bo‘lgan rasmiy hujjat va ilovalarni chop etish;
Tahririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- dolzarb ilmiy, amaliy anjumanlar, seminarlar va boshqa shakldagi ilmiy muloqot va munozaraga oid materiallarni nashr etish va tarqatish;
- mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar ilmiy ishlarini e’lon qilish;
- maqolalarning ilmiy saviyasi, yangiligi, ishonchliligi va amaliy ahamiyatini ta’minlash;
- maqolalarni ilmiy ekspertiza va taqrizdan o‘tkazish;
- ilmiy nashrlar etikasi va akademik halollik tamoyillariga rioya etish;
- ilmiy tadqiqotlar natijalarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga yetkazish;
- xorijiy ilmiy muassasalar, universitetlar va tadqiqotchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- jurnalning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalanishi uchun zarur tashkiliy va texnik ishlarni amalga oshirish.
- mamlakat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining tadbirkorlik hamda tijorat faoliyatini yuritish uchun zarur ma’lumot beruvchi, reklamaga oid va boshqa materiallarni yig‘ish, tahrir qilish, chop etish va tarqatish;
- iqtisodiyot, turizm, audit, buxgalteriya hisobi va moliya yo‘nalishidagi adabiyotlarga berilgan taqrizlarni chop etish;
- xorijiy mamlakatlar bilan nashr etilgan jurnallarni ayirboshlash va ularga sotish;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday iqtisodiy axborot va ma’lumotlarni jurnalda chop etish ishlari bilan shug‘ullanish hisoblanadi.
2.3. Jurnalga taqdim etilgan maqolalar belgilangan talablar asosida dastlabki tahririy ko‘rikdan o‘tkaziladi va tegishli ilmiy yo‘nalish mutaxassislariga taqriz uchun yuboriladi. Maqolalarni taqrizlash jarayonida xolislik, mustaqillik va maxfiylik tamoyillariga amal qilinadi. Tahririyat imkon qadar anonim taqrizlash (double-blind peer review) tartibini qo‘llaydi.
2.4. Jurnalga taqdim etilgan maqolalarda plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, natijalarni noto‘g‘ri talqin qilish, mualliflikni noqonuniy o‘zlashtirish va boshqa ilmiy etika qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.5. Jurnalning ixtisosligi (ilmiy sohalar):
Jurnal turizm, iqtisodiyot, texnologiya, ta’lim va boshqa fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yoritishga ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli ilmiy nashr hisoblanadi.
Jurnalning asosiy ixtisoslik sohalari quyidagilardan iborat:
- Iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiy siyosat;
- Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot;
- Moliya, bank ishi va buxgalteriya hisobi;
- Turizm, mehmondo‘stlik va turistik xizmatlar iqtisodiyoti;
- Menejment, marketing va biznes boshqaruvi;
- Tadbirkorlik, innovatsiyalar va investitsiyalar;
- Axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt;
- Muhandislik, texnika va texnologik innovatsiyalar;
- Ta’lim, pedagogika va zamonaviy ta’lim texnologiyalari;
- Ijtimoiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya;
- Huquqshunoslik va davlat boshqaruvi;
- Gumanitar fanlar va madaniy meros;
- Barqaror rivojlanish, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
- Fanlararo va amaliy ilmiy tadqiqotlar.
III. Muassisning huquq va majburiyatlari
3.1. Muassis jurnal faoliyatini tashkil etish, uning tashkiliy va moddiy-texnik bazasini shakllantirish hamda tahririyat faoliyatini qonunchilik asosida ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
3.2. Muassis qonunda belgilangan tartib bo‘yicha quyidagi huquqlarga ega:
- jurnalni tashkil etish va uning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
- muassis ommaviy axborot vositasining ro‘yxatda qayd etilgan nomidan foydalanish va uni tasarruf etish;
- tahririyat tuzilmasini tasdiqlash va boshqaruv organlarini shakllantirish;
- bosh muharrirni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
- jurnalning rivojlanish strategiyasi va moliyaviy rejasini tasdiqlash;
- tahririyat faoliyati to‘g‘risida hisobotlar olish;
- foydani taqsimlashda va zararlarning o‘rnini qoplashda ishtirok etish;
- eng katta hajmi va chiqariladigan muddati tahririyat nizomiga yoki muassis va tahririyat o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq belgilanadigan, reklama tusida bo‘lmagan xabar yoki materialni o‘z nomidan ommaviy axborot vositasi sifatida bepul joylashtirish;
- tahririyatning faoliyati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkni yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish;
- mazkur Nizom va amaldagi qonun hujjatlarida, shuningdek u bilan Jurnal tahririyati o‘rtasida tuzilgan shartnoma belgilangan vakolatlar doirasida tahririyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish, jurnal faoliyatining maqsadi, predmeti va turlarini belgilash;
- tahririyat Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
- tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash huquqiga ega.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
3.3. Muassis quyidagi majburiyatlarga ega:
- jurnal faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish;
- jurnalning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun zarur choralarni ko‘rish;
- tahririyat Nizomini tasdiqlash;
- tahririyat faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish;
- jurnalning belgilangan davriylikda nashr etilishi uchun imkoniyat yaratish;
- tahririyat faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirish;
- tahririyat bilan shartnoma tuzish;
- jurnalning chiqarilishini ta’minlash;
- ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;
- muassisning ustav fondi o‘zgartirganligi haqida, agar ustav fondida chet el investitsiyalari ulushi o‘ttiz foizgacha bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini xabardor etishi;
- jurnal bosh muharririni tayinlash, u bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomasini tuzish;
- jurnal tahrir hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish;
- tahririyatga mulkdan foydalanishga imkoniyat berishdan iborat.
Muassisning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
3.4. Muassis jurnalning ilmiy mazmuni, maqolalarni taqrizlash jarayoni va tahririyatning mustaqil ilmiy qarorlariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
IV. Tahririyatning huquq va majburiyatlari
4.1. Tahririyat jurnalning mazmunini shakllantiruvchi, maqolalarni qabul qiluvchi, tahrir qiluvchi, taqrizlash jarayonini tashkil etuvchi va nashrga tayyorlovchi ijodiy hamda tashkiliy tuzilma hisoblanadi.
4.2. Tahririyat o‘zining kasbiy faoliyatida mustaqildir, qonunchilik doirasida ma’lumotlar va axborotlarni o‘rganishga, topishga haqlidir va nashr qilinayotgan maqolalar, nashr mahsulotlari mazmuni, obyektivligi javobgardir. Nashr ishlaridagi ko‘chirmachilik (plagiat) holatlariga muallif javobgar hisoblanadi.
4.3. Tahririyat o‘z faoliyatini yuritish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
- axborotlarni topish, o‘rganish va tarqatishni amalga oshirish;
- mualliflardan maqolalarni belgilangan talablar asosida taqdim etishni talab qilish;
- maqolalarni dastlabki ko‘rikdan o‘tkazish va ilmiy taqrizga yuborish;
- ilmiy talablarga javob bermaydigan maqolalarni rad etish;
- maqolalarni qayta ishlash va tahrir qilish uchun mualliflarga qaytarish;
- taqrizchilar va ilmiy ekspertlarni jalb qilish;
- jurnalning mazmuni va rivojlanishiga oid takliflar ishlab chiqish;
- ilmiy konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
- jurnalning elektron platformasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
- turli tashkilot, muassasa, korxona va mutaxassis-ekspertlarga nashr qilinadigan maqolalar, nashr mahsulotlari mazmuni bo‘yicha fikrini bilish maqsadida murojaat qilish;
- qonunchilikda taqiqlanmagan ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish;
- tahririyat faoliyatini rivojlantirish maqsadida turli assotsiatsiya va korxonalarga muassis bilan kelishgan holda a’zo bo‘lish;
4.4. Tahririyat quyidagi majburiyatlarga ega:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy amal qilish;
- jurnalning belgilangan davriylikda nashr etilishini ta’minlash;
- maqolalarni ilmiy va texnik talablarga muvofiq ko‘rib chiqish;
- taqrizlash jarayonining xolisligini ta’minlash;
- mualliflar va taqrizchilarning shaxsiy ma’lumotlari hamda xizmatga oid axborotlarning maxfiyligini saqlash;
- maqolalarning mualliflik huquqlariga rioya etish;
- plagiat va boshqa ilmiy qoidabuzarliklarning oldini olish;
- nashr etilgan maqolalardagi jiddiy xatolar aniqlanganda tegishli tuzatish, rad etish yoki qaytarib olish choralarini ko‘rish;
- mualliflar bilan o‘zaro munosabatlarda ochiqlik va xolislikni ta’minlash;
- jurnal faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash.
- tahririyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni Muassisga taqdim etish;
- xodimlarning ijodiy muvaffaqiyatlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantiradi, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish;
- tahririyat qonunchilik doirasida boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin va boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
4.5. Tahririyat jurnalga taqdim etilgan maqolalarni faqat ilmiy saviyasi, dolzarbligi, yangiligi, metodologik asoslanganligi va jurnal yo‘nalishiga muvofiqligi asosida baholaydi.
4.6. Maqolani nashrga qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror tegishli ilmiy ekspertiza va tahririyat xulosasi asosida qabul qilinadi.
4.7. Jurnal elektron shakldagi ma’lumotlar bazalarida va Internet tarmog‘ida saytlar orqali ham tarqatilishi mumkin.
V. Tahririyatni boshqarish organlari
5.1. Jurnal faoliyatiga umumiy rahbarlik muassis tomonidan amalga oshiriladi.
5.2. Tahririyatni boshqarishning yuqori organi bo‘lib Tahrir hay’ati hisoblanadi.
5.3. Tahrir hay’ati:
- tahririyat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
- Jurnal konsepsiyasini tasdiqlaydi, uning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.
5.4. Tahririyatning joriy ijodiy ishini Bosh muharrir boshqarib, uning nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini amaldagi qonunlar va mazkur Nizom bo‘yicha himoya qiladi.
5.5. Bosh muharrir muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
5.6. Bosh muharrir:
- jurnalning umumiy ilmiy va tahririy siyosatini belgilaydi;
- tahririyat faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- maqolalarni nashrga tayyorlash jarayonini nazorat qiladi;
- tahrir hay’ati faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- maqolalarni nashrga qabul qilish yoki rad etish bo‘yicha yakuniy tahririy qaror qabul qiladi;
- jurnalning xalqaro ilmiy aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
- muassisga tahririyat faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etadi;
- jurnalning ilmiy obro‘si va nashr sifatini ta’minlash choralarini ko‘radi.
- Jurnal tahririyati ijodiy ishiga, Tahrir hay’atining joriy ishiga rahbarlik qiladi, Tahririyat nomidan ish olib boradi;
- chop etiladigan materiallarni tanlash va Jurnalning mazmuniga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- Bosh muharrir o‘zining yordamchilariga ega bo‘ladi va ular oldida majburiyatlarni tasdiqlaydi;
- Bosh muharrir shtat jadvalini ishlab chiqadi va boshqa tashkiliy taqsimot ishlarini amalga oshiradi;
- Bosh muharrir belgilangan tartibda tahririyatning faoliyati to‘g‘risida Muassis oldida hisobot beradi.
5.7. Bosh muharrir o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, tahririyatga berilgan mulkning saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
5.8. Bosh muharrir vaqtincha o‘z vazifalarini bajara olmagan hollarda uning vazifalari muassis tomonidan belgilangan mas’ul shaxsga yuklatiladi.
5.9. Tahririyat faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul muharrirlar va texnik xodimlar jalb etilishi mumkin.
VI. Jurnal tahririyati
6.1. Jurnal tahririyati Muassis tomonidan tuziladi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, mazkur Nizom asosida ish olib boradi.
6.2. Jurnal tahririyati bosh muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari, mas’ul kotib, tahrir hay’ati a’zolari, ilmiy muharrirlar, texnik muharrirlar va boshqa mutaxassislardan tashkil topadi.
6.3. Tahrir hay’ati tarkibiga tegishli fan sohalarida ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan, ilmiy-tadqiqot hamda nashriyot faoliyatida tajribaga ega mutaxassislar jalb etiladi.
6.4. Tahrir hay’ati tarkibi bosh muharrir taklifiga ko‘ra muassis tomonidan tasdiqlanadi.
6.5. Tahrir hay’ati:
- jurnalning ilmiy yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- maqolalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi;
- taqrizchilarni tavsiya qiladi;
- ilmiy etika va nashr sifatiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi;
- jurnalning xalqaro ilmiy hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
6.6. Tahrir hay’ati a’zolari o‘z vakolatlarini xolislik, mustaqillik va akademik halollik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
6.7. Tahririyat tarkibidagi o‘zgarishlar bosh muharrir taklifiga ko‘ra muassis tomonidan rasmiylashtiriladi.
VII. Tahririyat xodimi
7.1. Tahririyat xodimlari mehnat shartnomasi, fuqarolik-huquqiy shartnoma yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
7.2. Tahririyat xodimlari o‘z faoliyatida mazkur Nizom, ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etadi.
7.3. Tahririyat xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
- o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur sharoit va axborot bilan ta’minlanish;
- kasbiy malakasini oshirish;
- tahririyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- mehnati uchun qonunchilik va shartnomalarda belgilangan tartibda haq olish;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
7.4. Tahririyat xodimlari quyidagilarga majbur:
- o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish;
- ilmiy nashrlar etikasi va akademik halollik tamoyillariga rioya qilish;
- xizmat vazifalarini bajarishda xolislik va maxfiylikni ta’minlash;
- mualliflar, taqrizchilar va tahririyat a’zolarining huquqlarini hurmat qilish;
- xizmat faoliyati davomida olingan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik.
7.5. Tahririyat xodimining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan belgilanadi.
VIII. Tahririyat mol-mulkini shakllantirish va faoliyatini moliyalashtirish manbalari
8.1. Tahririyatning mol-mulki va moddiy-texnik bazasi jurnal faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot, serverlar, aloqa vositalari, mebel va boshqa vositalardan iborat bo‘lishi mumkin.
8.2. Tahririyat mol-mulki muassis tomonidan ajratilgan mablag‘lar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar va moliyalashtirish manbalari hisobidan shakllantiriladi.
8.3. Jurnal faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- muassisning mablag‘lari;
- homiylik va xayriya mablag‘lari;
- grantlar va ilmiy loyihalar mablag‘lari;
- qonunchilikka muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan daromadlar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8.4. Maqolalarni nashr etish bilan bog‘liq to‘lovlar joriy etilgan taqdirda, ularning miqdori, to‘lash tartibi va imtiyozlar shartlari muassis tomonidan tasdiqlanadi hamda jurnalning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilinadi.
8.5. Nashr to‘lovlari maqolaning ilmiy mazmuni, taqriz natijasi yoki nashrga qabul qilinishiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
8.6. Jurnalning mol-mulkidan faqat uning ustav maqsadlari va faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq foydalaniladi.
IX. Ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyat. Foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi
9.1. Tahririyatning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9.2. Tahririyat fondi ta’sis etuvchi tomonidan yoki boshqa xayriya fondlari hisobiga ko‘payib borishi mumkin. Bu fondlar, uning moddiy-texnika bazasi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
9.3. Tahririyatning zarari rezerv fondidan, agar mablag‘i yetmasa, ta’sis etuvchining mablag‘idan qoplanadi.
9.4. Tahririyat faqat o‘zi uchun ajratilgan mulkka javob beradi va ta’sischi majburiyatlari oldida javob bermaydi.
9.5. Tahririyatning daromadlari (foydasi) xarajatlar qoplanganidan, zaruriy soliqlar va to‘lovlar to‘langanidan so‘ng amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlatiladi.
X. Jurnalning chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish asoslari va tartibi
10.1. Jurnalning chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning arizasi asosida sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
10.2. Muassis jurnalning chiqarilishini tahririyat nizomida yoki muassis va tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollarda to‘xtatib turish yoki tugatishga haqlidir.
10.3. Muassis jurnalning chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin o‘z qarori haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni uch kun ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Mazkur xabarnoma ushbu jurnal chiqarilishining to‘xtatib turilishi yoki tugatilishidan oldingi yoki so‘nggi chiqarilishlaridan biriga joylashtirilishi kerak.
10.4. Jurnalning chiqarilishini sud qaroriga ko‘ra to‘xtatib turish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tahririyatga nisbatan chiqarilgan ogohlantirishga sabab bo‘lgan qonun hujjatlari buzilishi, takroriy, yozma ogohlantirishdan keyin bir oy ichida bartaraf etilmagan taqdirda amalga oshiriladi.
10.5. Jurnalning chiqarilishini qayta boshlash, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ aniqlagan qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar muassis yoki tahririyat tomonidan sudga taqdim etilganidan keyin sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
10.6. Jurnalning chiqarilishini tugatish to‘g‘risida sud tomonidan qaror chiqarish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
- ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari tahririyat tomonidan muntazam ravishda buzib kelinganligi, bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan muassis yoki tahririyat nomiga ilgari yozma ogohlantirishlar yuborilganligi;
- sudning jurnalni chiqarishni to‘xtatib turish haqidagi qarori bajarilmaganligi;
- jurnalning olti oydan ziyod vaqt mobaynida chiqarilmaganligi;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar.
10.7. Jurnalning chiqarilishini tugatish uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab bo‘ladi.
10.8. Jurnalning chiqarilishini tugatish to‘g‘risida muassis tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, tahririyat muassisning ruxsati bilan xuddi shu nomdagi jurnalni belgilangan tartibda ta’sis etishga haqlidir. Bunday holda jurnalni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinadi.
XI. Tahririyatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi
11.1. Muassis tahririyatni qayta tashkil etishni ushbu Nizomda yoki muassis va tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollarda amalga oshirish mumkin.
11.2. Tahririyat muassisning qaroriga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki jurnalning chiqarilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
XII. Nizomni qabul qilish va unga o‘zgartirishlar kiritish tartibi
12.1. Ushbu Nizom Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bildirgan kamchiliklarni e’tiborga olib “TETRA — Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia” MCHJ ta’sischisi tomonidan qayta ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi shart.
12.2. Jurnal tahririyatining nizomi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
12.3. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarga jurnal ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, muassis belgilangan tartibda tahririyat nizomiga o‘zgartirishlar kiritishi va uni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘rnatilgan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
XIII. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar
13.1. Jurnal faoliyatida mualliflik huquqi, intellektual mulk, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, axborot xavfsizligi va akademik halollik talablariga qat’iy rioya etiladi.
13.2. Muassis ta’sis hujjatlariga uning tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini bir oy muddatda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
13.3. Nashr etilgan maqolalarda jiddiy ilmiy yoki texnik xatolar aniqlangan taqdirda, tahririyat tegishli tuzatish kiritish, maqolani qaytarib olish yoki boshqa zarur choralarni ko‘rish huquqiga ega.
13.4. Jurnalning barcha sonlari va maqolalari elektron arxivda saqlanadi. Elektron arxivning xavfsizligi va uzluksiz ishlashi uchun tahririyat zarur texnik choralarni ko‘radi.
13.5. Jurnalning ISSN raqamini olish, DOI identifikatorlarini joriy etish va xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga kiritish bo‘yicha ishlar tegishli talablar va tartiblar asosida amalga oshiriladi.
13.6. Jurnalning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalanishi avtomatik ravishda kafolatlanmaydi va tegishli bazalarning mustaqil talablari asosida hal etiladi.
13.7. Bosh muharrir, shuningdek, mualliflar jurnalda haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor deb, belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
13.8. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.