Yangi ilmiy elektron jurnal ochildi!

2026-11-22

TETRA — Journal of Tourism, Economy, Technology, Research and Academia — turizm, iqtisodiyot, texnologiya, ta'lim, menejment, innovatsiyalar va boshqa fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazuvchi, ikki tomonlama yashirin taqrizlanadigan, ochiq kirishli ilmiy elektron jurnal. Jurnal o'zbek, rus va ingliz tillarida har oyda bir marta nashr etiladi.

Jurnalning maqsadi — ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va maqolalarni nashr qilish orqali xalqaro axborot almashinuvini ta'minlash.

Tahririyatning asosiy vazifalari:

  • mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini e'lon qilish
  • maqolalarning ilmiy saviyasi, yangiligi, ishonchliligi va amaliy ahamiyatini ta'minlash
  • maqolalarni ilmiy ekspertiza va taqrizdan o'tkazish
  • ilmiy nashrlar etikasi va akademik halollik tamoyillariga rioya etish
  • ilmiy tadqiqotlar natijalarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga yetkazish
  • xorijiy ilmiy muassasalar, universitetlar va tadqiqotchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish
  • jurnalning xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalarida indeksatsiyalanishi uchun zarur tashkiliy va texnik ishlarni amalga oshirish

Jurnalning asosiy yo'nalishlari:

  • turizm va mehmondo'stlik iqtisodiyoti
  • iqtisodiyot va moliya
  • menejment va marketing
  • ta'lim va pedagogika
  • axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya
  • innovatsiyalar va tadbirkorlik
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar
  • fanlararo ilmiy tadqiqotlar va boshqa zamonaviy ilmiy yo'nalishlar

2026-yil 1-soni uchun maqolalar 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Ikki tomonlama yashirin taqriz · ochiq kirish (CC BY 4.0) · OAV guvohnomasi №1990469

Mualliflar uchun talablar va shablon: tetra-journal.com/index.php/tetra/uz/authors
Maqola yuborish: tetra-journal.com → «Maqola yuborish»
Telegram: @tetra_journal · E-pochta: [email protected]